O'zbekiston

1-yanvardan skuter haydovchilaridan ham "prava" so‘ralishi mumkin

Birgina Toshkent shahrida salkam 4 oy ichida skuterlar boshqaruvchilari tomonidan 190 marta yo‘l harakati qoidalari buzilgani aniqlangan.

1-yanvardan skuter haydovchilaridan ham "prava" so‘ralishi mumkin

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab DYHXX organlarida dvigateli 25 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega bo‘lgan yoki konstruksiyaviy tezligi soatiga 25 va undan ortiq kilometr bo‘lgan avtomototransport vositalari, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kVt va undan ortiq yoki soatiga 25 kilometr va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar), shuningdek, tirkama va yarim tirkamalar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan transport vositalarini boshqarish faqat tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi.

 

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir Hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

 

Hujjat loyihasi bilan:

 

  • yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligi taʼminlash bo‘yicha choralar ko‘rish;

 

  • individual harakatlanish vositalarida harakatlanish tartiblarini belgilash, yo‘l belgilarini tegishli belgilar bilan to‘ldirish hamda ulardan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash;

 

  • skuter tushunchasiga taʼrif berish, ular bilan bog‘liq qo‘shimchalarni Yo‘l harakati qoidalarida aks ettirish hamda yo‘l belgilarini tegishli belgilar bilan to‘ldirish kabilar nazarda tutilmoqda.

 

Mazkur tartib amaliyotga tatbiq qilingan taqdirda IIVga uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda elektrosamokatlarni ijaraga berishni taqiqlash, ularni soddalashtirilgan tartibda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatga olish va ularga alohida davlat raqam belgilarini berish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklanmoqda.

 

Maʼlumot uchun, Toshkent shahrida joriy yilning 14 iyun kunidan boshlab o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida skuterlar boshqaruvchilari tomonidan 190 marta yo‘l harakati qoidalari buzilganligi aniqlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.