Amerikalik ayol chivin chaqib falaj bo‘lib qoldi
Aniqlanishicha, u G‘arbiy Nil isitmasi bilan kasallangan.

Kaliforniyalik Syuzan Kori isimli ayolning chivin chaqqach, ikki oyog‘i falaj bo‘lib qoldi. Aniqlanishicha, u G‘arbiy Nil isitmasi bilan kasallangan.
Avvaliga ayolni chivin chaqqan, u bunga ahamiyat bermagan. Biroz vaqt o‘tgach, Syuzan oyoqlarida kramplarni his qila boshladi va u ham yuqori haroratdan xavotirlana boshladi.
Kori bir kuni hojatxonada yiqilib, oyoqlarini sezmay qolgani uchun uning qarindoshlari tez yordam chaqirishgan. Ayolning chivin chaqishi bunchalik xavfli bo‘lishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagan.
Kaliforniyada chivinlar juda kam uchraydi. Biroq o‘tgan qish issiq bo‘lgani uchun ularning soni keskin ko‘paygan. Shifokorlar bu yil qon so‘ruvchi hasharotlar yana-da ko‘p bo‘lishini istisno qilmayapti







