Jahon

Biz nega qariymiz?

Qarish jarayoni nimaga bog‘liqligini bilasizmi?

Biz nega qariymiz?

 

O‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, organizmda yomon bakteriyalarning ko‘payishi qarish va jismoniy holat yomonlashishiga olib keladi.

 

Inson ichaklari murakkab ekotizim bo‘lib, unda milliardlab mikroorganizmlar yashaydi. Ular esa o‘z navbatida salomatligimiz uchun javob beradi.

 

Developmental Cognitive Neuroscience jurnalida chop etilgan xulosalarga ko‘ra, ichaklardagi mikroorganizmlar xilmaxilligi nafaqat jismoniy holatga, balki qarish tezligiga ham taʼsir qiladi. Tajriba Vengriya sport fanlari universiteti tomonidan o‘tkazilgan.

 

Uning yetakchi muallifi, professor Jolt Radakning so‘zlariga ko‘ra, bu sinov probiotiklardan salomatlik va uzoq umr ko‘rishda foydalanishning yangi imkoniyatlarini ochadi.

 

U o‘z jamoasi bilan ichak mikroflorasi hamda insonning biologik yoshi o‘rtasidagi aloqani tadqiq qildi. Tajribada 80 nafar havaskor eshkakchilar qatnashgan. Tadqiqot doirasida har bir qatnashchi epigenetik markerlar sinovidan o‘tgan.

 

Epigenetik marker - o‘ziga xos DNK o‘tkazuvchisi bo‘lib, u organizm hujayralarining rivojlanishi va atrof-muhitga reaksiyasida muhim rol o‘ynaydi.

 

Hujayralar sifatiga hayot tarzi, oziqlanish, atrof-muhit taʼsiri kabi bir necha omil taʼsir qiladi. Oxir-oqibatda bu salomatlik holati va qarishga o‘z taʼsirini o‘tkazadi.

 

Olimlar yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi bakteriyalar qarishni tezlashtirishini aniqladi.

 

Tez qarish esa siz biologik yoshingizdan katta ekaningizni bildiradi. Tajriba qatnashchilari orasida biologik yoshi meʼyorda bo‘lganlar ichagida foydali bakteriyalar ko‘p ekani aniqlangan. Aksincha hollarda esa qatnashchi fitnes-sinovlarda past natija ko‘rsatgan.

 

Olingan natijalar ichak bakteriyalari va salomatlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi. Sog‘lom ovqatlanish esa foydali bakteriyalar ko‘payishiga sababdir.

 

Ayni paytda olimlar guruhi takroriy tajriba o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Yakuniy xulosalar 2024 yilda eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Biz nega qariymiz? | Zamon.uz