O'zbekiston

Endi ayrim notarial harakatlar masofadan amalga oshiriladi

Bugun Samarqandda Xalqaro notarial hamkorlik komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi konferensiya shaklida boshlandi.

Endi ayrim notarial harakatlar masofadan amalga oshiriladi

 

2024 yildan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni video-konferens-aloqa orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yish, masofadan amalga oshiriladigan notarial harakatlar doirasini kengaytirish maqsad qilingan.

 

Ikki kun davomida 33 ta davlatdan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin soha vakillari, ekspertlar ishtirokida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda notariusning o‘rni” hamda “Raqamlashtirish asrida notariatning o‘rni” mavzular muhokama qilinadi.

 

Konferensiyada O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov so‘zga chiqdi.

 

Taʼkidlangandek, O‘zbekistonda 2020 yildan xususiy notariuslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda 1000 nafardan ortiq xususiy notariuslar faoliyat yuritmoqda. 

 

Fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida ko‘chmas mulk ijara va tekin foydalanish shartnomalarini, mulkdorning yaqin qarindoshlariga beriladigan avtotransport vositasini boshqarish uchun ishonchnomalarni, birlamchi bozordagi garov va ipoteka shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilindi. Bitimlarni tasdiqlashda eksterritoriallik prinsipi joriy etildi.

 

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga huquqiy maqom berildi va barcha notarial harakatlar ushbu tizimda ro‘yxatga olinmoqda. Fuqarolardan talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar hajmi 87 foizga qisqartirildi. E-notarius.uz rasmiy veb-sayti ishga tushirildi. Ayrim notarial harakatlar dunyoning istalgan joyidan video-konferens-aloqa orqali onlayn ravishda amalga oshirilmoqda. 

 

Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash “Litsenziya” axborot tizimi orqali to‘liq elektron shaklda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. Shaffoflikni taʼminlash maqsadida xususiy notariuslarga litsenziya berish bo‘yicha imtihonlar onlayn translyatsiya qilinmoqda. Ayrim turdagi notarial harakatlar uchun davlat boji stavkalari miqdorlari optimallashtirildi, shaffoflashtirildi hamda kamaytirildi.

 

2024 yildan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) video-konferens-aloqa orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yish, masofadan amalga oshiriladigan notarial harakatlar doirasini kengaytirish maqsad qilingan

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.