Qashqadaryodagi ko‘ldan 57 yoshli erkak jasadi topildi
Marhumning oila aʼzolari uning qasddan o‘ldirilganini taxmin qilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi Sechanko‘ldan 57 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Zokir Toshev 2023 yilning 5 oktyabr kuni yashash uyidan ishlash uchun chiqib ketgan.
"O‘sha kuni otam baliq ovlash maqsadida soat 15:00—16:00 oralig‘ida ko‘lga tushib ketgan. Va ko‘ldan shu bilan qaytib chiqmagan", — deydi marhumning qizi Yulduz Avazova.
Erkakning o‘sha kuni birga bo‘lgan sherigi ular baliq oviga borganida to‘lqin bo‘lib, ikkita qayiq ag‘darilib ketganini, o‘zlari suzib qirg‘oqqa chiqqanini aytib bergan.
“O‘sha kuni bir yarim soatlar birga suzdik. Ammo qorong‘i tushgach, otang suzib oldinlab ketdi. Men u kishini ko‘rmay qoldim, uzoqlashib ketdi. Shu bilan yo‘qotib qo‘ydim. Demak, menga yordamchi olib keladi deb o‘yladim”, deyapti sherigi. Otamning sherigi o‘sha kuni ancha suzib, ko‘ldan chiqqan. O‘zlari yashash joyiga borgan. Otamni ko‘rmagach, o‘zlari izlagan. Lekin topisholmagan, — deydi marhumning qizi.
Marhumning oila aʼzolari uning o‘limida kimningdir qo‘li borligini, qasd qilingan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.







