Rossiyada qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi
U 7 qavatli uyning lift shaxtasiga qulagan.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Stachek xiyobonida 7 oktabr kuni 32 yoshli o‘zbekistonlik lift shaxtasiga yiqilishi oqibatida vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 32 yoshli marhum O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, Stachek shoh ko‘chasi, 59-uyda joylashgan 7 qavatli binoning yuqori qavatidan lift shaxtasiga tushib ketgan.
Vafot etgan o‘zbekistonlik ishlagan binodagi qurilish jarayoni Kapital taʼmirlash jamg‘armasining buyurtmasi bo‘lib, reja bo‘yicha ish keyingi haftada yakunlanishi kerak bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilganmi yoki yo‘qmi prokuratura organlari xodimlari tomonidan tekshirilmoqda. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari ishchining o‘limi sabablarini o‘rganmoqda.







