Toshkentda ayrim ko‘chalar 20 kunga yopiladi
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maʼlum qildi.

10-oktabrdan 30-oktabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida qator ko‘chalar bo‘ylab avtomobil yo‘l qatnovining maʼlum qismini yopgan holda tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi.
Bunda, Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha — diametri 600 mm va uzunligi 60 m quvurlar almashtiriladi.
Avtomobil qatnov yo‘li Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Beshariq va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha yopiladi.
Mazkur ishlar issiq suv taʼminoti isteʼmolchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.







