O'zbekiston

Suv narxi oshirilmasdan turib uning tejalishiga erishib bo‘lmaydi

Mamlakatdagi vaziyat qanday?

Suv narxi oshirilmasdan turib uning tejalishiga erishib bo‘lmaydi

 

Dunyoning ko‘plab davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham ichimlik suvi tanqisligi dolzarb muammolardan biri. Buni aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 74,4 foiz ekanidan ham anglash qiyin emas. Jumladan, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida ichimlik suvi taʼminoti 60 foiz atrofida. Taʼminot ko‘rsatkichi respublika bo‘yicha eng past hudud – Qashqadaryo viloyatidir (51,6 foiz).

 

Ichimlik suv avvalo cheklangan resurs hisoblanadi. Qolaversa, juda qimmat ijtimoiy xarajatlar toifasiga kiradi. Bu – butun dunyoda tan olingan haqiqat. Shunday ekan, suv hammaga yetishi uchun avvalo mamlakat miqyosida uni tejash talab etiladi. Ammo tan olib aytish kerakki, hozirgi tariflar bilan aholi o‘rtasida tejamkorlik madaniyatini shakllantirib bo‘lmaydi. Arzon narsa hech qachon qadrlanmaydi. Faqat bozor narxlarigina odamlarni suvni tejashga undashi, motivatsiya berishi va majbur qilishi mumkin.

 

Hozir respublikamizning ko‘plab tumanlarida suv quvurlarida oldingidek suv oqmayapti. Suv quvurlari boshidagi manbalarda oldingi suv zaxiralari yo‘q endi. Yerosti ichimlik suvlari ham qochmoqda. Ariqlarda endi bizning ko‘zimiz o‘rgangan suvlar oqmay qo‘ydi. Masala jiddiyligiga bugun olimlar, jamoatchilik eʼtibor qaratmoqda. Suv taqchilligi barcha muammolarni kuchaytirmoqda. Prognozlar esa vaziyatning naqadar qaltis ekanini ko‘rsatmoqda.

 

Qatʼiy tejamkorlikka o‘rganmas ekanmiz, yaqin kelajakda vaziyat o‘ta jiddiylashib ketishi turgan gap.

 

Jahon banki tahlillariga ko‘ra, 2050 yilga borib O‘zbekistonda suvga bo‘lgan talab 59 kub kilometrdan 62-63 kub kilometrgacha oshadi va mavjud suv resurslari 57 kub kilometrdan 52-53 kub kilometrgacha kamayadi. Bu esa joriy suv tanqisligini besh barobarga oshiradi. Ichimlik suvi taʼminotidan foydalanishda asosiy xavflar – chuchuk suvning taqchilligi, foydalanish uchun raqobat, uning ifloslanishi, qurg‘oqchilik va boshqalardan iborat.

 

Nega suv narxi oshirilyapti?

 

Birinchidan, so‘nggi paytda O‘zbekistonda suv narxi arzonligi bois uni isrof qilish holatlari ko‘paygani jamoatchilik eʼtiboriga tushgan.

 

Tarif narxlari oshishida birinchi navbatda suv isrofini kamaytirish va bozor narxlarini joriy qilish orqali, undan unumli foydalanish darajasini oshirish nazarda tutilmoqda.

 

Umuman olganda, ayni paytda ko‘plab mutaxassislar hukumatning suv tanqisligi muammosiga yangi yondashuvlar bilan kirib borishi muhim ahamiyatga egaligini takrorlamoqda. Bu jarayonda aholining suvga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish ham zarur. Ichimlik suvi basseyn to‘ldirish, bog‘ sug‘orish yoki avtomobil yuvishga emas, isteʼmol uchun sarflanishi kerakligini tushunib yetish lozim.

 

Mavjud vaziyat aholini suv bilan taʼminlash masalalarida bozor narxlari mexanizmlariga o‘tish zarurligidan dalolat beradi. Yangi tariflarda pul to‘lashni boshlagan xonadonlar endi undan xo‘jasizlarcha foydalanishni to‘xtatadi. Qolaversa, bu mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish imkonini ham beradi.

 

Ikkinchidan, so‘nggi yillarda yurtimizda markazlashgan ichimlik suvi tannarxi va undan foydalanish uchun belgilangan suv tariflari orasidagi tafovut kattalashdi. Bu yo‘nalishdagi mavjud holat ichimlik suvi yetkazib berish tizimini modernizatsiya qilishga to‘sqinlik qilmoqda.

 

Maʼlumki, bugungi kunda Toshkent shahrida aholi tomonidan 1 kub (1000 litr) ichimlik suvi uchun 400 so‘m, oqova xizmatlar uchun esa 350 so‘m to‘lov amalga oshirilmoqda. Amaldagi tarifga bundan 3 yil oldin o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda ichimlik suvi tannarxini belgilovchi omillar qiymati oshgani sababli aholiga berilayotgan ichimlik suvi uchun to‘lovlar o‘z xarajatlarini qoplamay qolmoqda.

 

Shuni inobatga olib, Toshkent shahrida aholi isteʼmolchilariga 1 litr ichimlik suvi uchun 1 so‘m 40 tiyin (amalda 40 tiyin), oqova suv uchun esa 1 so‘m (amalda 35 tiyin) etib belgilash bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga taqdim etildi. Yaʼni, endilikda poytaxtdagi isteʼmolchilar bir metr kub suv uchun 1400 so‘m, oqova suv uchun esa 1000 so‘m to‘lashi ko‘zda tutilmoqda.

 

Toshkent shahrida oshishi kutilayotgan suv va kanalizatsiya narxlari respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda.

 

Bugungi kunda, 1 m3 (1 000 litr) ichimlik suvini ishlab chiqarish o‘rtacha tannarxi 1 681 so‘mni tashkil etadi. Misol uchun, ichimlik suv narxi tannarxiga nisbatan:

 

– Qoraqalpog‘istonda 1,7 barobarga (suv narxi – 1 850 so‘m, ishlab chiqarish tannarxi – 3 221 so‘m);

 

– Sirdaryo viloyatida 1,9 barobarga (suv narxi – 1 250 so‘m, ishlab chiqarish tannarxi – 2 374 so‘m);

 

– Toshkent viloyatida 1,8 barobarga kam (suv narxi – 950 so‘m, ishlab chiqarish tannarxi 1 722 so‘m).

 

Natijada suv taʼminoti korxonalari 2021 yilda 127,4 mlrd so‘m, 2022 yilda 286,8 mlrd so‘m va 2023 yil I choragida 120,4 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

 

Birgina Toshkent shahri misolida ko‘radigan bo‘lsak, 2021 yil yanvar oyidan beri tariflar oshirilmagani va xarajatlar karrasiga oshib ketgani natijasida 2022 yilda 15,7 mlrd so‘m, 2023 yil 1 sentyabr holatiga 42 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan.

 

Shuningdek, respublikamizda joriy yilning 1 oktyabridan boshlab byudjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi narxi amaldagi 450 so‘m o‘rniga ikki baravar, yaʼni 1 kVt/soat uchun 900 so‘mga oshirildi. Suv uchun taklif etilayotgan yangi tariflarda «Toshkent shahar suv taʼminoti» MCHJ tomonidan to‘lanadigan 1 yillik elektr energiya to‘lovi ichimlik suvi uchun 118,8 mlrd so‘m, oqova suvi uchun 73,3 mlrd so‘m hisobga olingan.

 

Eʼtiborli jihati, tannarxdagi elektr energiya sarfini qisqartirish maqsadida quyosh panellari va energo tejamkor nasoslarni o‘rnatish ishlari ham olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Suv narxi oshirilmasdan turib uning tejalishiga erishib bo‘lmaydi | Zamon.uz