O'zbekiston

Prezident turizm ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Ko‘rgazmada jami 2 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalar investorlarga taqdim etiladi.

Prezident turizm ko‘rgazmasi bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

 

Maʼlumki, shu kunlarda Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu mamlakatdagi ochiqlik va erkinlik, ulkan sayyohlik salohiyatining eʼtirofi, deyish mumkin.

 

Ushbu omillarga tayanib, turizmni rivojlantirish uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Salkam yuzta mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin. Yana 55 ta davlat sayyohlari uchun soddalashtirilgan elektron viza tartibi joriy etilgan.

 

Turizm infratuzilmasi ham rivojlantirilib, mehmonxonalar, sayohat joylari va yo‘nalishlari ko‘payib bormoqda. Joriy yilning o‘zida 15 mingta yangi mehmon o‘rni tashkil etilib, ularning soni qariyb 140 mingtaga yetdi. 540 ta dam olish maskani barpo etilib, 70 ta turizm marshruti ochildi. 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi. 

 

Prezident bu sohada hali imkoniyatlar ko‘pligini, Butunjahon turizm tashkilotining yig‘ilishi ularni ko‘rsatish uchun qulay fursat ekanini taʼkidlagan edi. Katta maydon ana shu maqsad yo‘lida yaratildi. 

 

Unda 14 ta hududning turizm va investitsiyaviy salohiyati namoyish etilgan. Zomin, Chorvoq, Chimyon kabi xushtabiat go‘shalarning turistik-rekreatsion imkoniyatlari, turizm qishloqlarining manzaralari, eko va ekstremal sayohat manzillari haqida maʼlumotlar jamlangan. 

 

Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbekiston aeroportlari” va “O‘zbekistan vertolyotlari” kabi stendlar tashkil qilingan. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining turizm salohiyati, xorijiy hamkorlar ishtirokidagi startap loyihalar ham taqdim qilingan. 

 

Umuman, ko‘rgazmada jami 2 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar investorlarga taqdim etiladi.

 

Davlat rahbari Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan birga ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirdi. Hududlardagi diqqatga sazovor manzillar atrofida turizm maskanlari barpo etib, qulayliklarni kengaytirish, investorlar bilan aniq loyihalarni shakllantirish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident turizm ko‘rgazmasi bilan tanishdi | Zamon.uz