O'zbekiston

Global investitsiya forumida "Eng yaxshi turizm qishloqlari" aniqlanadi

O‘zbekistonda ilk marotaba Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumi tashkil etilmoqda.

Global investitsiya forumida "Eng yaxshi turizm qishloqlari" aniqlanadi

 

Turizm sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi hamda ichki turizmga bo‘lgan eʼtibor ortmoqda.

 

2017 yildan boshlab O‘zbekiston turizm sohasi boshqa sohalar qatori jadal rivojlantirilib, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

 

Qisqa vaqt ichida misli ko‘rilmagan normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami, jumladan, Turizm to‘g‘risidagi qonun qabul qilinib, mazkur sohani bosqichma-bosqich isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratildi.

 

Mamlakatimiz turizm sohasini rivojlantirishdagi asosiy instrumentlardan biri bu — mazkur sohaga kiritilayotgan investitsiyalardir.

 

Jumladan, 2021 yilda turizm sohasidagi investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 11,4 trillion so‘m bo‘lgan mablag‘lar o‘zlashtirilib, 495 ta loyiha amalga oshirildi. Davlat investitsiya dasturi doirasida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollari bo‘lgan 62 ta loyihada, 562,7 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 31 ta loyiha ishga tushirildi.

 

2022 yilda turizm sohasida jami qiymati 22,1 trillion so‘mlik 735 ta loyihalar ishga tushirilib, tarmoqda qo‘shimcha 23 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish hamda raqobatbardosh xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga bergan eʼtibor natijasida turizm bozorimizga Radisson, Wyndham, Hilton, Hyatt Regency, Ramada, Mövenpick, Mercure, Courtyard by Marriott, Minyoun, InterContinental Hotels Group va Accor kabi yetakchi mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Ular nafaqat Toshkent, balki Jizzax, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlarida bozor talabi asosida o‘z faoliyatlarini tashkil qilmoqda.

 

Ilk marotaba Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida O‘zbekistonda Global investitsiya forumi tashkil etilmoqda.

 

Forumda 100 dan ortiq xorijiy davlatdan 634 nafar vakil, shu jumladan, 120 dan ortiq yirik xorijiy investorlar hamda 600 ta yirik mahalliy kompaniyalar ishtirok etmoqda. Forum doirasida umumiy qiymati 3 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar investorlarga taqdim etilmoqda.

 

«Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida tashkil etilayotgan yig‘ilishda 130 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, 79 nafar turizm vaziri ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, mazkur xalqaro yig‘in doirasida xalqaro investitsiya forumi, xalqaro taʼlim forumi, «Eng yaxshi turizm qishloqlari»ni taqdirlash marosimi va qator yalpi sessiyalar, madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari Rahbarlari Kengashining Sammiti doirasida Samarqand shahrida 260 gektar maydonda yangi turistik markaz barpo etilib, jahon standartlari darajasidagi 8 ta (4 va 5 yulduzli) mehmonxonalar ishga tushirildi. Mazkur loyihaga 516,0 million dollar qiymatida investitsiya yo‘naltirildi.

 

Albatta sohaga kiritilayotgan investitsiyalar avvalambor turizm infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatimiz turizm jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

 

Xorijiy turistlar oqimini oshirish bilan birgalikda so‘nggi yillarda ichki turizmga bo‘lgan eʼtibor ham kuchayib bormoqda.

 

Jumladan ushbu maqsadlarda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi joriy qilinib uning doirasida:

 

– jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritildi;

 

– sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab berilmoqda.

 

2022 yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (cashback) tartibi joriy etildi.

 

“Yoshlar turizmi oyligi” va “Yoshlar turizmi haftaligi”, “Yoshlar turizmi” qurultoyi kabi o‘quvchi, talaba va yoshlarning sayohatga jalb etuvchi targ‘ibot kampaniyalari amalga oshirilmoqda.

 

Buning natijasida ichki sayyohlar soni 15 million nafarni tashkil qilib, o‘tgan yilga qaraganda 2 barobarga o‘sdi.

 

Turizm sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot bu — turizm tovar va xizmatlar majmuidan iborat bo‘lib, tovarlarning ancha katta va rang-barang kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu mahsulotlardan kishilar sayohat qilishda, shuningdek turizm doirasida dam olish, hordiq chiqarish, davolanish, o‘z bilim va kasbiy darajasini oshirishda foydalanishlari mumkin. Shu jihatdan O‘zbekistonda mazkur tarmoqqa eʼtiborni kuchaytirish muhim masalalardan biridir.

 

Shuni inobatga olgan holda, sohani rivojlantirishda investitsiya omili muhim rol o‘ynaydi. Turizm sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar orqali nafaqat xorijiy turistlar oqimini oshirish, balki ichki turizmni rivojlantirishga ham erishilmoqda.

 

Umuman olganda, bularning barchasi O‘zbekistonda turizm sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish, qulay iqtisodiy sharoit va omillarni yaratish, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushini kengaytirish, xizmatlar sifatini yuksaltirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan.

custom img

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Qo'mita savdo nuqtalarida o'quv qurollarini hamyonbop narxlarda xarid qilish uchun zarur sharoitlarni ta'minlash muhimligini bildirdi.

custom img

Toshkent viloyatida Cobalt Spark’ni yo‘ldan chiqarib yubordi: ota va o‘g‘il halok bo‘ldi

Hodisa joyidan qochgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan shaxs jarimaga tortildi

Qoidabuzar o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan.

custom img

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"