O'zbekiston

12 ta bolaning barmoq izlari tushirilgan surat — hozir bolalarning bittasigina hayot

Toshkent viloyatida bemor bolalarning davolanishiga hissa qo‘shish maqsadida "Sen kuchlisan!" ijtimoiy aksiya o‘tkazilmoqda.

12 ta bolaning barmoq izlari tushirilgan surat — hozir bolalarning bittasigina hayot

 

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida "Sen kuchlisan" ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilgan bemor bolalar ijodiga mansub sanʼat asarlari ko‘rgazmasi davom etmoqda.

 

Jumladan, bolalarning davolanishiga hissa qo‘shish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo‘limi boshliqlari, yoshlar yetakchilari ushbu ko‘rgazma atrofida jam bo‘ldi.

 

 

 “Sen kuchlisan” xayriya tadbiri doirasida 100 nafardan ortiq bemor bola tomonidan chizilgan 800 dan ortiq surat namoyish qilindi. Jarayonda bolalar tomonidan chizilgan 15 ta surat auksionga qo‘yildi.

 

"Og‘ir dard bilan kurashib kelayotgan bolajonlarga va ularning yaqinlariga moddiy hamda maʼnaviy ko‘mak berish maqsadida tashkil qilgan mazkur aksiyada jamoamiz hamda hududlardagi yoshlar vakillari bilan ishtirok etdi. Bemor bolajonlar chizgan suratlarga boqib, ular orasidan katta iqtidor egalari yetishib chiqishiga umid qildim. Auksiondagi o‘n ikkita bolaning barmoq izlari tushirilgan surati meni juda qattiq taʼsirlantirdi. Hozirda ularning bittasi hayot ekan. Tilagim, bu bolajonlar tezroq sog‘ayib, ota-onasini quvontirsin", — deydi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov.  

 

Yoshlar vakillari suratlarni ko‘ngilli ravishda sotib olib, bolalarning davolanishiga hissa qo‘shishga harakat qilmoqda.

 

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

U to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pasaydi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.