O'zbekiston

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

 

“Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, barcha ta’lim tashkilotlarining pedagoglari, tarbiyachilari, o‘quvchilari, tarbiyalanuvchilari va talabalari bir o‘quv yilida kamida bir marta maqsadli psixologik diagnostikadan o‘tkaziladi.

 

Mazkur tizim ikki bosqichda joriy etiladi. Birinchi bosqichda, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari qamrab olinadi. Ikkinchi bosqichda esa, 2027/2028-o‘quv yilidan o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida yo‘lga qo‘yiladi.

 

Psixologik diagnostika qanday tashkil etiladi?

Diagnostika Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Bunda shaxsga doir ma’lumotlar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi ta’minlanishi belgilangan.

 

Olingan natijalar sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tahlil qilinib, pedagog va o‘quvchilar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • “Psixologik barqaror”;

  • “Psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj”;

  • “Faol psixologik qo‘llab-quvvatlash zarur”.

 

Psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj deb topilganlarga ta’lim tashkilotining psixologi biriktiriladi. Faol psixologik qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lganlar bilan esa tegishli hududdagi mentor psixologlar ishlaydi.

 

Psixologlarni rag‘batlantirish va malakasini oshirish

Qarorda psixologik xizmat xodimlarining malakasini oshirish va ularni rag‘batlantirish choralari ham nazarda tutilgan.

 

Kaskadli malaka oshirish kurslariga o‘qituvchi sifatida jalb etilgan psixologlarga kurs davomida asosiy ish joyidagi lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

 

O‘quv yili davomida psixologik barqarorlikni ta’minlashda yuqori natijalarga erishgan 150 nafar mentor psixologga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik moddiy rag‘bat beriladi.

 

Shuningdek, ta’lim tashkilotlaridagi psixologik xizmat xodimlari har besh yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart etib belgilanmoqda.

 

Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. Institut Ta’lim va ilm-fan vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

 

2027-yil 1-yanvardan institutda Raqamli psixologiya va sun’iy intellekt, Ta’lim psixologiyasi va psixologik xizmat, Psixologik salomatlik va profilaktika laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq davlat vakillari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Yangi tartibga ko'ra, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

Dunyoning beshta eng yirik energetika giganti qatoriga kiruvchi Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi prezidenti Chjou Sinxuay boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga keldi.

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Samarqand va Xorazmda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.