O'zbekiston

O‘zbekiston TIV: Bu xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi

Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi bo‘yicha munosabat bildirdi.

O‘zbekiston TIV: Bu xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi

 

Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi bo‘yicha munosabat bildirdi.

 

"G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

 

Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz.

 

Vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda o‘t ochishdan tiyilishga chaqiramiz", — deyiladi bayonotda.

 

Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektoridagi “Al-Ahliy al-Maʼdaniy” baptistlar shifoxonasiga Isroil tomonidan raketa zarbasi berildi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 800 nafardan ziyod odam halok bo‘lgan, ularning orasida yuzlab bolalar bor.

 

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi shifoxonada halok bo‘lganlarning barchasi tinch aholi vakillari bo‘lganini qayd etdi.

 

Isroil tomoni zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmayapti.

 

Falastin prezidenti Mahmud Abbos shifoxonada halok bo‘lgan qurbonlar xotirasiga mamlakatda uch kunlik motam eʼlon qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston TIV: Bu xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi | Zamon.uz