Xitoy “Ipak yo‘li” jamg‘armasiga qancha mablag' qo‘shadi?
“Bir makon, bir yo‘l” oliy darajadagi forumi doirasida 97,2 milliard dollarlik hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Xitoy “Ipak yo‘li” jamg‘armasiga 11 milliard dollar qo‘shadi. Xitoy rahbari Si Szinpin maʼlum qildi.
Xitoy “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi loyihalarini birgalikda qurishni qo‘llab-quvvatlash uchun “Ipak yo‘li” jamg‘armasiga 80 milliard yuan (10,9 milliard dollar) qo‘shadi.
“Xitoy taraqqiyot banki va Xitoy eksport-import bankining har biri 350 milliard yuan (47,8 milliard dollar) miqdorida moliyalashtirish oynasini ochadi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi loyihalarini birgalikda qurishni qo‘llab-quvvatlash uchun Ipak yo‘li jamg‘armasiga 80 milliard yuan (10,9 milliard dollar) yangi mablag‘lar kiritiladi”, — dedi Xitoy yetakchisi.
Shuningdek, u “Bir makon, bir yo‘l” oliy darajadagi forumi doirasida biznes-forum o‘tkazilgani, uning natijasida 97,2 milliard dollarlik hamkorlik kelishuvlariga erishilganini qo‘shimcha qildi.







