Fuqarolarni AQSHga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro D.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natishini aytib, oldindan 3000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda esa muqaddam sudlangan F.M. fuqaro J.K.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlardagi tanishlari yordamida 10000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natishini vaʼda qilib, oldindan 3200 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.








