Shoygu: NATO Rossiyaga yadroviy zarba berishga tayyorlanmoqda
Uning fikricha, alyans bunday zarbani harbiy mashg'ulotlar paytida beradi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, NATO davlatlari Rossiya hududiga yadroviy zarba berishga tayyorlanmoqda. Uning fikricha, alyans bunday zarbani harbiy mashg'ulotlar paytida berishi mumkin.
Shoyguning soʻzlariga koʻra, NATO qoʻshinlari “Rossiya va Belarus Respublikasi bilan harbiy mojaro senariylari” asosida muntazam ravishda keng koʻlamli mashgʻulotlar oʻtkazadi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya — Ukraina mojarosi boshlangandan buyon Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi mamlakatlaridagi NATO qoʻshinlari soni 2,5 barobar oshgan.







