Jahon

Rossiya sporti sanksiyalar tufayli yirik moliyalashtirishdan mahrum bo‘ldi

Bir qator ROQ dasturlari 3,5 milliard rubldan ortiq mablag‘ni yo‘qotdi.

Rossiya sporti sanksiyalar tufayli yirik moliyalashtirishdan mahrum bo‘ldi

 

Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar Rossiya Olimpiya qo‘mitasi homiylari uchun yo‘qotishlarga olib keldi. Shu sababli, bir qator ROQ dasturlari 3,5 milliard rubldan ortiq mablag‘ni yo‘qotdi.

 

Sanksiyalar natijasida Rossiya Olimpiya qo‘mitasi (ROQ) homiylariga yetkazilgan yo‘qotishlar tufayli Rossiyada 3,5 milliard rubldan ortiq sport dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatildi. Bunday maʼlumotlarni 20 oktyabr, juma kuni ROQ bosh direktori Vladimir Sengleyev taqdim etdi.

 

«Biz moliyalashtirish manbalarini tasdiqlamaganimiz sababli 3,514 milliard rubllik dasturlarni moliyalashtirishni to‘xtatdik», — deya Sengleyevning Permdagi «Rossiya sporti qudratli» xalqaro sport forumidagi nutqidan iqtibos keltiradi tass. Uning aniqlik kiritishicha, bu holatga Rossiyaga qarshi sanksiyalar munosabati bilan ROQ anʼanaviy homiylarining yo‘qotishlari sabab bo‘lgan.

 

ROQ rahbari Stanislav Pozdnyakovning so‘zlariga ko‘ra, xususan, olimpiya zaxirasini tayyorlash bilan bog‘liq bir qator dasturlar qisqartirilgan. «Match tv» muxbiri Pozdnyakovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: «Bugungacha biz federal homiylik muammosini hal qilmadik». 

 

Rossiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari homiylarning katta rolini taʼkidlab, Rossiyada sportni moliyalashtirish uchun «davlat byudjetidan mablag‘ning katta qismi ajratilgan» bo‘lsada, «qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarisiz oson bo‘lmasligini» taʼkidladi.

 

12 oktyabr kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Olimpiya xartiyasini buzgani uchun Rossiya Olimpiya qo‘mitasini keyingi ogohlantirishgacha Olimpiya harakatidan vaqtinchalik chetlatdi. XOQ buni Ukraina Olimpiya qo‘mitasi (UOQ) yurisdiksiyasi ostidagi mintaqaviy sport tashkilotlarini, xususan, hududi bir qismi egallab olingan Donesk, Xerson, Luhansk va Zaporijjya viloyatlari sportchilarini o‘z safiga “qo‘shish” to‘g‘risida ROQ qabul qilgan qarori bilan izohladi.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

BAAda jangni videoga olgan ikki kishi ham olti oyga qamalib, 300 ming dirhamdan jarimaga tortildi.

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Husiylar Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va Sharqiy-G‘arbiy neft quvuridagi nasos stansiyasiga ham hujum qilganini da’vo qilmoqda.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.