Jahon

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Vyborg tumanidagi Pargolovo qishlog‘ida chamadon ichidan ayolning jasadi topildi. Jinoyatni sodir etishda uning 15 yoshli o‘g‘li gumon qilinib, hibsga olingan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, noyabr oyi boshida bedarak yo‘qolgan ayolning o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan qotillik moddasi bo‘yicha tergov boshlangan. Tergovchilar va tezkor xodimlar olib borgan izlanishlar natijasida uning jasadi Yukkovskiy daryosi bo‘yidagi tabiat yo‘lagidan chamadon ichida topilgan.

 

RIA Novosti agentligiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ma’lum qilishicha, ayolning bedarak yo‘qolgani haqida uning singlisi politsiyaga xabar bergan. O‘zbekistonda tug‘ilgan ayol farrosh bo‘lib ishlagan va o‘g‘li bilan ijaraga olingan xonadonda yashagan.

 

U oxirgi marta 1-noyabr kuni ishga borganidan keyin bedarak yo‘qolgan. Ayol telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan, biroq SMS xabarlar yuborib turgan. Xabarlarda qayerda va kim bilan ekanini bildirmagan.

 

Shuningdek, uning o‘g‘li maktabga onasi nomidan yozilgan, kasalligi sababli darsga kelolmasligi haqidagi xatni olib kelgan.

 

Hozirda 15 yoshli o‘smirga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda. Tergov davom etmoqda.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.