O'zbekiston

Bolalarda autizm qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bolalarda autizm qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?

 

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha taxminan har 50 nafar boladan biriga autizm tashxisi qo‘yilmoqda. Bu, o‘tgan 10 yilga yaqin vaqt ichida ko‘rsatkichlar qariyb to‘rt barobar oshganini tasdiqlaydi. Xo‘sh, autizm qanday kasallik? U qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?

 

Autizm — ruhiyatning buzilishi bilan bog‘liq holat. U miya faoliyatiga bevosita taʼsir qiluvchi nevrologik buzilishlar natijasida kelib chiqadi.

 

Ushbu tashxis qo‘yilgan jajji bemorlar tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. Yolg‘izlikni xush ko‘radi. Bir xil xatti-harakat va so‘zlarni takrorlaydi.

 

Autizmga chalingan bola o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o‘rin tutadi.

 

Ushbu kasallik ko‘p hollarda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda paydo bo‘ladi. Ammo uning ilk belgilarini aksariyat ota-onalar o‘z vaqtida payqay olmaydi. Yaqqolroq alomatlar esa 2-3 yoshli bemorlarda ko‘zga tashlanishi ehtimoli yuqori.

 

Autizmning ilk bosqichlarida bola ota-onaning ayrim harakatlariga javob qaytarmaydi. Masalan, uni ismi bilan chaqirganingizda qaramaydi. Atrofdagi odamlar, qarindosh-urug‘lar, ularning farzandlari bilan do‘stona va iliq munosabatlar o‘rnata olmaydi.

 

Kasallikka xos asosiy simptomlardan yana biri bemor bolalarning o‘zgalar ko‘zlariga tik qaray olmasligidir. Bu kabi vaziyatlarda ular nigohlarini olib qochishga harakat qilishadi.

 

Qolaversa, bunday bemor bolalar baʼzida gaplarni eshitmaydi, u yoki bu o‘yinchoq bilan qanday o‘ynashni bilmaydi, boshqalarga jilmaymaydi. Go‘dak 12 oylik bo‘lsa-da indamaydi, atrofga qiziqib boqmaydi, 2 yoshida ham gapira olmaydi. Uyqu buzilishlari, tajovuzkorlikka moyillik va qo‘rquv ham autizm belgilari bo‘lishi mumkin.

 

Ushbu xastalikka chalingan bolalarga tibbiy amaliyotda taxminan 4 yoshligida aniq tashxis qo‘yiladi. Lekin bu ancha kech muddat. Vaholanki, bunday bemorlarda 18-24 oyligidayoq tegishli muolajalar boshlansa, ularning sog‘lom hayotga qaytishi oson kechadi.

 

Hozirgi kunda autizm bilan kasallangan bolalarga ijtimoiy moslashuv muassasalarida tibbiy, pedagogik, psixologik va reabilitatsion yordam ko‘rsatiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bolalarda autizm qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi? | Zamon.uz