O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi salkam 44,8 milliard dollarga yetdi
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 foizga oshgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 44,7 milliard AQSH dollaridan oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 foizga oshgan. Bunda eksport 17,7 milliard, import esa 27,0 milliard AQSH dollarini tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi joriy yilning 6 oyida qariyb 30 milliard dollarni tashkil qilgandi. Mamlakatimiz 183 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.







