Iqtisodiyot

USAID O‘zbekistonga 14 million dollar ajratadi

Bu mablag‘lar qaysi sohalarga yo‘naltiriladi?

USAID O‘zbekistonga 14 million dollar ajratadi

 

23 oktabr kuni AQSHning O‘zbekiston xalqi bilan hamkorligini chuqurlashtirish maqsadida AQSH Xalqaro hamkorlik agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer Toshkentga keldi, deb xabar qildi AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

 

Tashrif davomida u global sog‘liqni saqlash, boshqaruv va iqtisodiy o‘sish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash uchun qo‘shimcha 14,2 million dollar ajratilishini eʼlon qildi.

 

Diplomatik missiya maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu qo‘shimcha mablag‘ evaziga AQSH USAID orqali quyidagi dasturlar ustida ish olib boradi.

 

Silga qarshi kurash

 

"O‘zbekiston dori-darmonga chidamli sil kasalligining yuqori darajadaligi bilan kurashib kelmoqda", — deyiladi elchixona xabarida.

 

USAID besh yillik tashabbus sanalgan "Sildan xoli O‘zbekiston" dasturini ishga tushirib, u orqali keng qamrovli qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etish va mamlakat bo‘ylab silga qarshi asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida qo‘shimcha 3,2 million dollar sarmoya kiritadi.

 

«Sildan xoli O‘zbekiston» dasturi kasallik yuqishining oldini olish va aniqlash, davolashni boshlash, sil kasalligining stigmasini kamaytirish, shuningdek, axborot tizimlari va moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlarni ilgari surishda yordam beradi. 2002 yildan beri O‘zbekistonning silga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 60 million dollar sarmoya kiritgan.

 

Epidemiya va pandemiya tahdidlariga qarshi kurash

 

USAID global sog‘liqni saqlash xavfsizligini mustahkamlashda O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qiladi.

 

"4 million dollarlik sarmoya O‘zbekistonning kelajakdagi tahdidlar, epidemiyalar va pandemiyalarga chidamliligini oshirish uchun eng yaxshi tajriba va USAID-19 chora-tadbirlaridan olingan saboqlarga yo‘naltiriladi", — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, ushbu mablag‘ O‘zbekistonga laboratoriya va kuzatuv tizimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini, xavf-xatarlar chog‘ida aloqa bog‘lash va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish imkonini berishi taʼkidlandi.

 

Biznes va xususiy sektorni mustahkamlash

 

USAID O‘zbekiston iqtisodiyotini turizm, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yashil iqtisodiyot kabi maqsadli tarmoqlarga mustahkamlash uchun 3,5 million dollar sarmoya kiritmoqda. Ushbu dastur ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiy inklyuzivlikni yaxshilash, kichik va o‘rta korxonalar uchun eksport bozorlarini rivojlantirish va kapitalni jalb qilishga yordam beradi.

 

USAID ayollar, yoshlar va nogironlar uchun shaxsiy biznesni boshlash va yuritishda qiyinchilik tug‘diruvchi institutsional, huquqiy va iqtisodiy to‘siqlarni bartaraf etishga harakat qiladi. Bundan tashqari, USAID o‘zbek bizneslariga elektron tijorat va savdoni yaxshilashi mumkin bo‘lgan Amerika texnologiyalarini o‘zlashtirishda yordam beradi.

 

Yanada masʼuliyatli va samarali mahalliy boshqaruv

 

“O‘zbekiston-2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan holda hamda Kongress bilan hamkorlikda USAID yangi mahalliy boshqaruv dasturi orqali O‘zbekistonda viloyat va mahalliy boshqaruvni kuchaytirish uchun 3,5 million dollar miqdorida mablag‘ ajratadi.

 

Bu orqali USAID viloyat va mahalliy hokimiyatlar yana-da eʼtiborli, xalq bilan birgalikda ishlovchi va masʼuliyatli bo‘lishi hamda o‘zbek xalqiga davlat xizmatlarini yaxshiroq ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishini ko‘zlaydi. Ushbu tashabbus doirasida milliy va mahalliy hukumatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjetlari va xarajatlarida shaffoflikni oshirish, davlat amaldorlarini yangi majburiyatlarni bajarishga o‘rgatish, fuqarolar va jamoalarni mahalliy hukumatlar faoliyatini nazorat qilishlari va o‘z ehtiyojlarini qondiradigan davlat xizmatlarini targ‘ib qilishlari uchun zarur bo‘lgan vositalar, ko‘nikma va resurslar bilan taʼminlash maqsad qilinadi.

 

USAID, shuningdek, detsentralizatsiya va mahalliy boshqaruv bo‘yicha maʼlumotlarga asoslangan milliy siyosat va qonunchilikni ishlab chiqishda hukumatni qo‘llab-quvvatlaydi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"