O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 5,8 foizga o‘sdi
Aholi jon boshiga hisoblangan YIM hajmi joriy narxlarda 20,7 million so‘m ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi joriy narxlarda 751 trillion so‘mni tashkil etdi.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, bu o‘rtacha almashuv kursi (11 556,2 so‘m) bo‘yicha qariyb 65 milliard AQSH dollariga teng.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o‘sgan. 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 20,7 million so‘m (1 789,5 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2022-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 foizga oshgan.







