O'zbekiston

Bandlik bo‘limi — nafaqa tayinlanadigan yoki maslahat olish markazi emas

Fuqarolar ko‘pincha Bandlik bo‘limlariga boshqa maqsadlarda kelmoqda.

Bandlik bo‘limi — nafaqa tayinlanadigan yoki maslahat olish markazi emas

 

Ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish va aholi bandligiga ko‘maklashish, ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida bir qator imkoniyatlar yaratilmokda.

 

Jumladan, amaldagi tartib bo‘yicha ish bilan band bo‘lmagan fuqaro bandlik organiga maslahat olish uchun yoki ish ishlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishi lozim. Bunda, kam taʼminlanganlik toifasidan chiqish maqsadida ish bilan taʼminlanishga harakatini inobatga olib, ushbu fuqarodan rasmiy bandlik talab etilmaydi.

 

Lekin, amaliyotda fuqarolar ushbu imtiyozdan boshqa maqsadlarda foydalanib kelmoqda. Yaʼni, aksariyat fuqarolar faqatgina nafaqa tayinlanishi uchun bandlik organiga murojaat qilib, nafaqa tayinlangandan so‘ng bandlik organiga ish izlab qaytib murojaat qilmagan.

 

Bir so‘z bilan aytganda fuqarolar bandlik organiga “ish qidirib emas, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilmoqda” degan xulosaga kelish mumkin.

 

Achinarlisi, norasmiy daromad olayotgan fuqarolar ham bandlik bo‘limiga “maslahat olish” uchun murojaat qilib, bolalar nafaqasi olish holatlari mavjud. Bu esa, daromadini rasmiylashtirgan bolalar nafaqasi olmaydigan oilalarning eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.

 

Mazkur vaziyatni o‘zgartirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron ko‘rinishda ariza berishni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinyapti.

 

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra ish izlab (xususan, aholi bandligi masalalari bo‘yicha maslahat olish uchun) mehnat organlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oila aʼzosi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oydan boshlab 3 oy davomida mehnat organi orqali kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qimasa, markazda ish izlovchi yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmasa, ishga joylashmasa, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kirmasa yoki mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad qilgan bo‘lsa keyingi oydan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi to‘xtatiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bandlik bo‘limi — nafaqa tayinlanadigan yoki maslahat olish markazi emas | Zamon.uz