Dehqonobod tumaniga hokim tayinlandi
Ushbu lavozimga Sulaymonov Akrom qo‘yilgan.

Sulaymonov Akrom Isomiddinovich Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda "O‘zA" xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar u Shahrisabz shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.







