O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Parlamenti raisini qabul qildi

Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Parlamenti raisini qabul qildi

 

Bugun, 26 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanovni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida Qozog‘iston Majlisining raisi davlat rahbariga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari va qo‘shma korxonalar soni barqaror o‘sib bormoqda, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika, logistika va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi o‘rtasidagi Parlamentlararo kengashning bugun bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishining samarali natijalari alohida qayd etildi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarni so‘zsiz bajarish, hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish maqsadida yaqin parlamentlararo aloqalarni yana-da rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Qonun ijodkorligi faoliyati sohasida, o‘z-o‘zini boshqarish organlarini rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tajriba almashish, shu jumladan yosh deputatlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida belgilab olindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Parlamenti raisini qabul qildi | Zamon.uz