Toshkentda SHHTning birinchi transport forumi bo‘lib o‘tadi
Anjumanda transport sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Joriy yilning 1 noyabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) birinchi transport forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad SHHT mamlakatlari transport va logistika sohasi vakillari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va samarali transport yo‘laklarini yaratish iborat.
Anjumanda transport sohasida istiqbolli va mavjud loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda. O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash uchun keng imkoniyatlarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.







