O'zbekiston

2024 yildan barcha hududlarda xususiy kadastr muhandislari ish boshlaydi

Prezident kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

2024 yildan barcha hududlarda xususiy kadastr muhandislari ish boshlaydi

 

Bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

So‘nggi yillarda bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan taʼminlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va maʼlumotlar markazi ishga tushirildi.

 

Bularning hisobiga, o‘tgan uch yilda 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi. 40 million gektar yer ro‘yxatga olinib, soliq bilan bog‘landi. Avval hisoblanmagan 790 mingta yangi va 520 mingta qo‘shimcha qurilma tizimga kirdi. Bular orqali byudjetga 1,1 trillion so‘mlik qo‘shimcha manba yaratildi.

 

Shuningdek, zaxiradagi 1,2 million gektar qishloq yerlariga kadastr qilingani hisobiga 675 ming aholi va fermerlarga 425 ming gektar yer bo‘lib berildi.

 

Shu bilan birga, sohada hali qilinadigan ishlar ham ko‘p. Xususan, 146 ming kilometr ichki yo‘llar va atrofidagi yerlarning hujjati yo‘q.

 

Suv xo‘jaligida ham shu ahvol. Suv havzalari, kanal va kollektorlar atrofidagi bo‘sh yerlarni auksion orqali aholi va tadbirkorlarga berish mumkin. Lekin bugungi kunda 827 ming gektar suv fondi yerlaridan faqat 380 ming gektarining kadastr hujjatlari bor.

 

Shu bois yo‘l va suv fondi yerlari kadastrini yakunlab, ulardan foydalanishga sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu orqali 1 million aholi bandligini taʼminlash mumkinligi taʼkidlandi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada 2,4 millionta xonadonning egalik hujjati yo‘q. Ularning qadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘ladi. Shu bois hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

 

Shuningdek, aholi uzoq yillardan buyon uy-joy sifatida foydalanib kelayotgan, lekin hujjatda qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lib qolayotgan 817 ming gektar yerni xatlovdan o‘tkazib, yer toifasini o‘zgartirish taklifi bildirildi.

 

Kadastr tizimida ish hajmi ko‘pligi ham dolzarb masala. Bu yil 1,5 millionta kadastr xizmati ko‘rsatilgan bo‘lsa, shundan 600 mingtasi kadastr yig‘ma jildi bilan bog‘liq. Tizimdagi 25 foiz xodim shu bilan band. Ularga ish yuklamasi ikki barobar ko‘p.

 

Bu borada Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba tariqasida xususiy kadastr muhandisi instituti joriy etildi hamda 165 ta xususiy kadastr muhandisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Endi bu faoliyatga xususiy sektorni jalb qilish nazarda tutilmoqda. Odamlar istasa xususiy sektorga, istasa davlat idorasiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun ko‘chmas mulklar yangi “UZKAD” axborot tizimiga o‘tkaziladi, 2024 yil 1 iyuldan respublikaning barcha hududlarida xususiy kadastr muhandislari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Davlat rahbari kadastr xizmatlari qamrovi va sifatini oshirish, buning uchun malakali kadrlar tayyorlash, sohani ilm-fan bilan uyg‘unlashtirish va raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

2024 yildan barcha hududlarda xususiy kadastr muhandislari ish boshlaydi | Zamon.uz