O'zbekiston

4 sotix yerga ega bir oila aʼzosi band hisoblanadi va undan rasmiy daromad talab etilmaydi

Hozirda 326 ming tadan ortiq oilalarga aynan oila aʼzolari avtomatik ravishda band deb belgilanganligi sababli nafaqalar tayinlangan.

4 sotix yerga ega bir oila aʼzosi band hisoblanadi va undan rasmiy daromad talab etilmaydi

 

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron ko‘rinishda ariza berishni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Mazkur hujjat bilan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam(ijtimoiy nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritilishining sabablari quyidagilardan iborat:

 

Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun oilaning voyaga yetgan barcha mehnatga layoqatli aʼzosini rasmiy ish bilan band bo‘lishi talab etiladi. Agar oilaning mehnatga layoqatli aʼzosidan biri rasmiy ish bilan band bo‘lmasa nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi.

 

Bunda, amaldagi tartib bo‘yicha oilaning tomorqa yer maydoni mavjud bo‘lganda har 4 sotix yerga bir oila aʼzosi avtomatik ravishda band deb belgilanadi hamda rasmiy daromad talab etilmaydi.

 

Hozirda 326 mingtadan ortiq oilalarga aynan oila aʼzolari avtomatik ravishda band deb belgilanganligi sababli nafaqalar tayinlangan.

 

Lekin shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu oilalarning aʼzolari ishga joylashish, faoliyatlarini yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilish orqali rasmiylashtirish choralarini ko‘rishmagan.

 

Natijada, amaliyotda o‘ziga to‘q katta hovliga ega bo‘lgan yoki tomorqasidan umuman foydalanmagan oilalarga ham nafaqa tayinlanishi hamda aholi o‘rtasida tizimga nisbatan ishonch kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Misol uchun, 3 farzandlik oilaning 8 sotix yer maydoni mavjud va er-xotin norasmiy daromad oladi. Bunda, er va xotindan bandlik talab etilmaydi va 8 sotix yer uchun 274,4 ming so‘m normativ daromad hisoblanadi. Normativ daromad oiladagi bir kishi (54,8 ming so‘m) uchun eng kam isteʼmol xarajatidan kam bo‘lganligi sababli nafaqa tayinlanadi.

 

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligi maydonida faqat oilaning bir ishsiz aʼzosini avtomatik ravishda “band” sifatida qabul qilinib, keyingi aʼzolarini faoliyatini rasmiylashtirishi talab etilmoqda.

 

Amaldagi tartibga muvofiq, tomorqada band bo‘lgan fuqarolar ixtiyoriy ravishda soliq organida o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish tartibi mavjud. Bunda, o‘zini-o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaroga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari (330 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘lagan taqdirda nafaqa tayinlashda “band” sifatida qabul qilinadi hamda pensiya hisoblashda 1 yillik ish stajiga ega bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

4 sotix yerga ega bir oila aʼzosi band hisoblanadi va undan rasmiy daromad talab etilmaydi | Zamon.uz