Jahon

Amerikalik erkak yurak xurujini yovvoyi tabiat bilan davoladi

Kasallikka chalingach, u o‘rmondagi g‘orda yashashni boshlagan.

Amerikalik erkak yurak xurujini yovvoyi tabiat bilan davoladi

 

Sobiq amerikalik harbiy Donni Dust yoshligida yurak xurujiga uchragandan so‘ng hayotini tubdan o‘zgartirishga qaror qilgan. Buning uchun u o‘rmondagi g‘orda yashashga qaror qildi va sivilizatsiya bilan aloqani imkon qadar qisqartirdi.

 

37 yoshli erkak yuragiga stend qo‘yishga rozi bo‘lmadi va o‘ziga boshqa yo‘l bilan yordam berishga qaror qildi. U yurak xurujidan oldin ekstremal turizm bilan shug‘ullangan, sayohatlarda guruhlarga hamroh bo‘lgan va og‘ir sharoitlarda qanday omon qolishni biladi. O‘zining hozirgi holati haqida o‘ylab, o‘rmonga borishga, g‘orda yashashga, ovlashga va daryolardan suv ichishga qaror qildi.

 

Shunga qaramay, dastlabki olti oy davomida Dust o‘rmon va Koloradodagi uyi o‘rtasida yashadi, u yerda xotini hamda ikki o‘g‘li qolgan. O‘rmondagi hayoti davrida erkak zamonaviy jihozlardan foydalanmagan, quyon va baliq ovlagan, olovda ovqat pishirgan. Asosan rezavorlar, ildizlar, qo‘ziqorinlar isteʼmol qilgan. U bir nechta g‘orlarni yashash uchun moslashtirdi va vaqti-vaqti bilan biridan ikkinchisiga ko‘chib o‘tdi.

 

Hozirda sobiq harbiy xizmatchi o‘zini sog‘lom va baxtli inson sifatida taʼriflaydi. U o‘zining yovvoyi tabiat bilan davolanish tajribasini bir nechta kitoblarda tasvirlab bergan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Amerikalik erkak yurak xurujini yovvoyi tabiat bilan davoladi | Zamon.uz