Endi O‘zbekistonga 2 ta telefonni bojsiz olib kirish mumkin
Bungacha bitta telefonni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilgandi.

Endi O‘zbekistonga ikkita mobil telefonni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin. Bu haqda "O‘zA" xabar berdi.
Endilikda jismoniy shaxslar xorijdan o‘zi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilma (telefon)ni bojxona to‘lovlarisiz ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Bungacha bitta telefonni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilgan edi.
Telefonlarni UzIMEI tizimida ro‘yxatga olishda masofadan turib (onlayn) shaxsni biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilish joriy etildi.
O‘zbekistonga xizmat safari yoki turizm uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar mobil qurilmalaridan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan foydalanish davri amaldagi 30 kalendar kunidan 60 kalendar kunigacha uzaytirildi.







