Qozog‘istondagi konda halok bo‘lganlar 42 kishiga yetdi
Bedarak yo‘qolganlar hamon qidirilmoqda.

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lganlar soni 42 kishiga yetdi. Bu haqda Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hozirda bedarak yo‘qolgan besh nafar konchini qidirish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni kechqurun konda halokat yuz berdi. "ArcelorMittal Temirtau" kompaniyasiga tegishli konda portlash, keyin esa yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea vaqtida konda 252 kishi bo‘lgan, ularning aksariyati tashqariga olib chiqilgan.







