Jahon

Turkiya bir asr davomida qay darajada rivojlandi?

Respublika tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan maqola eʼlon qilindi.

Turkiya bir asr davomida qay darajada rivojlandi?

 

Turkiya Prezidenti Huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasining boshlig‘i Fahrettin Altunning Respublika mustaqilligining 100 yilligiga bag‘ishlangan maqolasi eʼlon qilindi.

 

"Xalqimiz 100 yil oldin xuddi bugungi sanada, ajdodlarimiz 900 yil mobaynida yashab kelgan Onado‘li zaminida bizni tamomila yo‘q qilmoqchi bo‘lganlarga qarshi Chanoqqalʼa yoki Al-Qutda bo‘lgani kabi, uzoq davom etgan jangdan so‘ng qayta kuch to‘pladi va milliy ozodlik kurashida g‘alabaga erishdi. Mustaqillik ruhi bilan barpo etilgan Onado‘lidagi uchinchi buyuk davlat sanalmish Turkiya Respublikasi juda ko‘p qiyinchilik va kurashni ko‘rgan, istiqlol urushida zafarga yetgan birlik va hamjihatlik mahsuli hisoblanadi.

 

Turkiya Respublikasi eʼlon qilinishi bilan taʼlimdan iqtisodiyotga qadar keng qamrovli tiklanish davri boshlandi. Mamlakatni dunyoga tanitgan ko‘plab muvaffaqiyatlar poydevori shu davrda qo‘yildi.

 

Qishloq xo‘jaligi, sanoat, taʼlim, sog‘liqni saqlash, transport, demokratik huquq va erkinlik kabi xalq turmush darajasini ko‘taradigan ko‘plab sohalar Turk millati va davlati tom maʼnoda oyoqqa turishi uchun safarbar qilindi.

 

Xalqimiz birin-ketin ko‘p qiyinchiliklarni, ulkan to‘siqlarni yengib o‘tib, Respublika 100 yillik yubileyiga faxr bilan olib keldi. Ayniqsa, oxirgi 20 yilda istiqlol va istiqbol mujdasiga ega millatimiz to‘kkan ter, qilgan saʼy-harakat, namoyish etgan fidoyilikni munosib taqdirlash uchun Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an tomonidan ilgari surilgan yangi g‘oyalar bilan birga yangi asrga qadam tashlandi.

 

Mamlakatimizni maqsadiga, millatimizni orzusiga yetkazish, shu bilan birga buyuk va kuchli Turkiyani barpo etish maqsadida barcha sohalarda son-sanoqsiz inqilobiy ishlar bajarildi, xizmat, sarmoya joriy etildi.

 

Avvalo milliy iroda mustahkamlanib, demokratiya chuqur ildiz otdi. Aziz xalqimiz jonajon yurtimizda osoyishta yashashini taʼminlash orqali bugun tinch-bahuzur yurish, ertangi kunga umid bilan qarash qaror topdi.

 

Qolaversa, mamlakat bo‘ylab infratuzilmaga yo‘naltirilgan investitsiya hisobidan ishlab chiqarish va aholi bandligini taʼminlashda erishilgan yutuqlar natijasida iqtisodiyot yuksalib, mamlakat va aholi boyishi taʼminlandi. Ishlab chiqarishni kengaytirish orqali sanoatdan tortib qishloq xo‘jaligigacha bo‘lgan barcha sohalarda ish bilan taʼminlash osonlashtirildi. “Insonni yashatgin-ki, davlat yashasin” tushunchasi asosida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilib, barcha muhtoj fuqarolar qamrab olindi. Boshqa tomondan, Prezidentlik boshqaruvi tizimini joriy etish orqali davlat mexanizmida ikki asrlik izlanishga javob beradigan ulkan islohot amalga oshirildi. Ilg‘or va tashabbuskor xavfsizlik siyosati, tashqi siyosatga faol va insonparvar yondashuv tufayli davlatimiz qudrati, bayrog‘imiz shon-shuhrati, xalqimiz obro‘-eʼtibori oshirildi.

 

Sog‘liqni saqlashdan taʼlimgacha, texnologiyadan mudofaa sanoatigacha, tashqi siyosatdan madaniyat va sanʼatgacha ko‘plab sohalardagi muvaffaqiyatni tezlashtirgan ayni tashabbuslar osonlik bilan amalga oshgani yo‘q, albatta.

 

Global boshqaruv va iqtisodiy tizimni tubdan larzaga keltirgan epidemiya va urushlar davom etar ekan, biz mavjud infratuzilmaga asoslangan holda mamlakatimizni katta yutuqqa tayyorlash uchun qattiq kurashdik.

 

Chegaralarimizga hujum qilib, turk millati hayoti va mulki xavfsizligiga chang solayotgan ko‘plab tahdidlarga qarshi turdik. Global inqirozdan tashqari, mamlakatimiz duch kelgan ikki xil standart va embargoni imkoniyatga aylantirdik, har sohada kuchimizga kuch qo‘shdik. Bu to‘siqlarning barini yengib o‘tib, birin-ketin demokratiya va taraqqiyot inqilobini amalga oshirdik.

 

Shubhasiz, Respublikamizning birinchi asrida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib, ikkinchi asrga tayyorgarlikni yakunlaydigan bu yutuqlar mevasi taʼlim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, adolat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, sport singari turli sohalar rivojida aks eta boshladi. O‘sib, rivojlanib, kuchayib, boyib borayotgan Turkiya va xalqimiz ertangi kunga umid bilan qaraydigan, xorijda esa ergashadigan emas, ergashiladigan davlat nomini qozondi.

 

Dunyo tarixiy o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan, yangi va hayotiy muammolarga duch kelayotgan bir sharoitda biz uchun bu qutlug‘ sana nafaqat davlatimiz ikkinchi asrining boshlanishini bildiruvchi taqvim ko‘rsatkichi, balki juda katta mazmun o‘zgarishi ham.

 

Ayni tushunchalar bilan Respublikamizni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diplomatik sohalarda butun millatimiz orzu qilgan darajaga olib chiqadigan olg‘a qadam “Turkiya Asri” deb nomlandi. Bu odim – mamlakatimiz va sivilizatsiyaning barcha yutuqlariga tayangan holda yangi avlodlarga qoldiradigan eng katta merosimizdir.

 

“Turkiya Asri” dasturi asosida millatimiz bilan birga Respublikaning 100 yilligiga katta umid, yana-da ulug‘ maqsadlar bilan kirib boryapmiz. Bu yo‘lda, eng avvalo, yurtimiz erishayotgan yutuqlarni fidoyilik va qatʼiylik bilan himoya qilamiz. Mamlakatimizning global miqyosda o‘z so‘zini aytish va qaror qabul qilish irodasini mustahkamlaymiz.

 

Biz siyosiy va iqtisodiy qudratimizni oshirib, dunyoning eng baland iqtisodiy cho‘qqisiga chiqishda davom etamiz. Vatanimizning har bir qarichida tinchlikni mustahkamlaymiz va taraqqiyot irodasini yuksakka olib chiqamiz.  Har bir vatandoshimiz loyiq bo‘lgan huquq, erkinlik va farovonlikning kelajakdagi xavfsizligini taʼminlaymiz. “Turkiya Asri”da Respublikamizning ikkinchi asrini “shunchaki yashash” emas, “taraqqiy etish” davriga aylantirish niyatidamiz. Ana shu shijoat bilan Prezidentimiz Rejep Tayyip Erdog‘an boshchiligida bundan keyin ham “Turkiya Asri” idealidan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni barcha sohalarda yuqori darajaga olib chiqish, ajdodlarimizdan bizga omonat shu aziz Vatanni abadiy yashnatish yo‘lidagi faoliyatimizdan hech qachon to‘xtamaymiz.

 

Turkiyaning birinchi asrini bor mashaqqati, yutug‘i bilan ortda qoldirar ekanmiz, shu zamin Vatan bo‘lishi uchun jonini fido qilgan shahidlarimiz va g‘oziylarimizni esga olamiz. Milliy ozodlik kurashida afsonaviy mardlik ko‘rsatib, qayta tug‘ilishimizga sabab bo‘lgan insonlarni hurmatlaymiz.

 

Biz erkin nafas olayotgan shu Vatanni bizga tuhfa etgan barcha qahramonlarimizni ehtirom, minnatdorlik va shukronalik bilan yod etamiz.

 

Butun millatimizga Respublika bayrami muborak bo‘lsin!", - deyiladi maqolada.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiya bir asr davomida qay darajada rivojlandi? | Zamon.uz