O'zbekiston

Bir kunda poytaxt yo‘llarida 900 mingga yaqin avtomobil harakatlanmoqda

Aholining yo‘lga sarflaydigan vaqti 3-4 yil oldingiga nisbatan qariyb ikki barobarga ortgan.

Bir kunda poytaxt yo‘llarida 900 mingga yaqin avtomobil harakatlanmoqda

 

Barchaga maʼlumki takomillashtirilgan jamoat transporti tizimi nafaqat yo‘llardagi tirbandlikni oldini olishda, balki yo‘lovchilarni xavfsiz va tezkor harakatlanishida, hamda ekologiyaga bo‘lgan yukni kamaytirishda asosiy o‘rinni egallaydi.

 

Shu bilan birgalikda, Toshkent shahri aholisi va poytaxtimiz mehmonlari tomonidan jamoat transportidan keng foydalanilib kelinishi mazkur sohani rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni aktuallashtirdi. 

 

Bugungi kunda Toshkent shahrida 5 mln aholi bo‘lib, (doimiy yashovchi 2,9 mln, kunlik shaharga kelib ketuvchi 1,5 mln, vaqtinchalik istiqomat qiluvchi aholi 0,5 mln), aholining soni yiliga o‘rtacha 100 mingtaga oshmoqda. Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 760 ming avtotransport mavjud bo‘lib, (yiliga 76 mingtaga ortib bormoqda), transport vositalari doimiy harakatlanadigan asosiy yo‘l, ko‘cha tarmoqlari uzunligi 470 km bo‘lib 380-400 ming avtotransport harakatlanishiga mo‘ljallangan. 

 

Shu bilan birga kunlik shaharga kirib chiquvchi avtotransport soni 160-220 ming bo‘lib, kun davomida shahar yo‘llarida 900 mingga yaqin avtotransport navbatma-navbat harakatlanmoqda. Bu esa yo‘l tarmog‘ining bir vaqtning o‘zida harakatlanish sig‘imidan 2 barobar ko‘p bo‘lgan avtotransportlar harakatlanayotganini anglatadi.

 

Transportda harakatlanishning 25 foizi, yaʼni 1,5 millioni avtobus, metro, mikroavtobuslarda, qolgan 4,5 millioni, shaharda kun davomida harakatlanadigan 900 ming avtotransportda amalga oshiriladi.

 

Transport oqimini samarali boshqaruv tizimi yo‘qligi, doimiy tirbandliklarda harakat tezligi 7 km/soatgacha tushib ketishi, aholining yo‘lga sarflaydigan vaqti bundan 3-4 yil oldingiga nisbatan qariyb ikki barobarga ortgani, buning ortidan sekin harakatlanayotgan transportlarning ortiqcha yoqilg‘i sarfi va zararli gazlarni chiqarishi natijasida, iqtisodiy yo‘qotishlar ham ortib bormoqda.

 

Aholini shaharda harakatlanishga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq, sifatli va xavfsiz jamoat transporti bilan taʼminlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Aynan shu muammolarni yechimlari bo‘yicha 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-111 sonli, 2023 yilda esa PQ-59 sonli qarorlari bilan tizim islohotlari, maqsadli ko‘rsatkichlar hamda islohotlarni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlab berildi.

 

Mazkur qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida so‘ngi yillarda jamoat transportini isloh qilish yuzasidan qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Xususan, 2022 yilda Toshkent shahri uchun 200 dona o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli va 190 dona katta sig‘imli MAN rusumli avtobuslar va ilk bor 20 dona zamonaviy elektrobuslar xarid qilindi.

 

Joriy yilda jamoat transportining mukammal yangilash yuzasidan amalga oshirilgan loyihalar natijasida qo‘shimcha 1 000 dona avtobuslar xarid qilindi. Jumladan, metan gaz yoqilg‘isida harakatlanuvchi 500 ta katta sig‘imli Youtong va 200 ta o‘ta katta sig‘imli Kinglong avtobuslari hamda 302 ta Youtong elektrobuslari olib kelindi.

 

Mazkur harakat tarkibini “ilmiy asoslangan” texnika va texnologiyalar asosida tashkil etilgan yangi zamonaviy yo‘nalishlar, yaʼni magistral, halqa, bog‘lovchi va yetkazib beruvchi yo‘nalishlarga ajratgan holda avtobuslar biriktirildi.

 

Mazkur innovatsion loyihalar va xaridlar natijasida, bugungi kunda jamoat transporti harakat tarkibining soni 1 959 tani (2022 yilda 1 485 ta), harakat tarkibining o‘rtacha yoshi 3,5 yil (2022 yilda 7,5 yil), jamoat transportidan foydalanish darajasi 24 foizni (2022 yil 19 foiz), yangi yo‘nalishlar tarmog‘i 167 tani (2022 yilda 144 ta), avtobuslarning kunlik qatnovlar soni 25 404 tani tashkil etishi hisobiga (2022 yilda 14 999 ta) jamoat transportining oraliq intervalini 18-20 daqiqadan 8-10 daqiqaga qisqartirishga erishildi.

 

Natijada o‘tgan yillarda kunning tig‘iz vaqtlarida jamoat transporti salonidagi tiqilinch, to‘laligi hisobiga undan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan qarib yarim million yo‘lovchilar, (asosan aholining ijtimoiy qatlam vakillari) sifatli avtobus xizmatlaridan foydalanishmoqda.

 

Maʼlumot uchun, 2030 yilda harakat tarkibi sonini 2 247 taga, harakat tarkibini o‘rtacha yoshini 2,6 yil, jamoat transportidan foydalanish darajasi 40 foizga, yangi yo‘nalishlar tarmog‘i sonini 178 taga ko‘paytirilishga, qatnovlar sonini 27 412 taga yetkazishga va natijada oraliq intervallarni 5-8 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda, siqilgan tabiiy gazda 1 020 tasi yoki 52%ni, elektr quvvatda 322 ta yoki 16,6%ni, dizel yoqilg‘isida 617 tasi yoki 31,4% avtobuslar harakatlanmoqda. 

 

Jamoat transportining jozibadorligini oshirish va avtobuslarning muntazam va bir maromda harakatini tashkil etish maqsadida 2023 yilda Toshkent shahrida avtobuslar uchun 186,6 km alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilishi belgilab olingan bo‘lib, 48,2 km (Amir Temur ko‘chasi – 10,4 km, Ahmad Donish – 8,5 km, Navoiy, Beruniy – 6,2 km, Mirzo Ulug‘bek, Feruza, Yuzrabod, Mahtumquli – 23 km) alohida yo‘laklar tashkil etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bir kunda poytaxt yo‘llarida 900 mingga yaqin avtomobil harakatlanmoqda | Zamon.uz