Cho‘chqaning yuragi ko‘chirib o‘tkazilgan bemor vafot etdi
Bemorga joriy yilning 20-sentyabr kuni yurak transplantatsiyasi operatsiyasi o‘tkazilgan edi.

AQSHda operatsiyadan olti hafta o‘tgach, 58 yoshli Lorens Fosett vafot etdi. U cho‘chqaning yuragi transplantatsiya qilingan dunyodagi ikkinchi bemor edi. Bu haqda Merilend universiteti tibbiyot markazi maʼlum qildi.
"Biz dunyodagi ikkinchi genetik modifikatsiyalangan cho‘chqaning yurak transplantatsiyasini olgan bemor Lorens Fosettning o‘limi haqida chuqur qayg‘u bilan xabar beramiz. U 20 sentyabr kuni operatsiya qilindi va deyarli olti hafta yashay oldi, xolos", — deyiladi xabarda.







