Jahon

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni salkam 9 mingga yetdi

Qurbonlarning asosiy qismi bolalar.

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni salkam 9 mingga yetdi

 

26 kundan beri Isroilning shiddatli bombardimon qilishi ostida bo‘lgan G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 271 nafarga ortib, 8796 nafarga yetdi.

 

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Qudra Shifo kasalxonasi oldida uyushtirilgan matbuot anjumanida davom etayotgan Isroil hujumlari haqida gapirdi.

 

Qudra Isroilning G‘azoda 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida qurbon bo‘lganlar sonining 8796 nafarga yetganini aytdi. Ularning 3648 nafari bolalar, 2290 nafari ayollardir. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlar soni — 22 ming 219 kishi, G‘azo sektorini intensiv bombardimon qilish davom etmoqda, hujumlar boshlanganidan beri 2 ming 30 kishi vayronalar ostida qolib ketgan. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hujumlarida 132 tibbiyot xodimi halok bo‘lgan va hujumda nishonga olingan 25 tez yordam mashinasi yaroqsiz holga kelgan. 

 

Isroilning 58 tibbiyot muassasasini ataylab nishonga olganiga diqqat qaratgan Qudra, 16 kasalxona va 32 birlamchi sog‘liqni saqlash markazining hujumlar va yonilg‘i tugashi tufayli ishlamay qolgani haqidagi maʼlumot bilan o‘rtoqlashdi. 

 

Rasmiy G‘azodagi Shifo va Indoneziya kasalxonalari yonilg‘i yetishmasligi sababli yaqin soatlarda faoliyatini to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. 

 

Qudra do‘st davlatlar va xalqaro tashkilotlarni vaziyatga shoshilinch ravishda aralashib, G‘azo kasalxonalarini yonilg‘i bilan taʼminlashga chaqirdi. Aks holda, Shifo va Indoneziya shifoxonalarining asosiy generatorlari ishlamay qoladi. 

 

Qudra Misrning ko‘p sonli yaradorlarni davlatdagi kasalxonalarga o‘tkazish borasidagi saʼy-harakatlarini olqishladi. 

 

Vazirlik vakilining qo‘shimcha qilishicha, ahvoli og‘ir bo‘lgan yaradorlar ham olib ketilishi kerak. 

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"