O'zbekiston

Prezidentlar O‘zbekistonning madaniy merosi ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Unda mamlakatimizning 7 ta muzeyidan eksponatlar jamlangan.

Prezidentlar O‘zbekistonning madaniy merosi ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

 

Xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyati haqida tasavvur beruvchi bu nodir ashyolar xronologik ekskursiya tarzida joylashtirilgan. 

 

Ma’lumki, yurtimiz hududi transkontinental aloqalar rivojlanishi bilan savdo, fan, ta’lim, madaniyat va me’morchilik markaziga aylangan. Qadimiy yodgorliklarda ko‘plab madaniyatlar – turkiy, forsiy, yunon-baqtriya, arab, hind, xitoy va boshqa xalqlar qadriyatlarining izlari bor. Qiziqarli namoyish tomoshabinga eksponatlarning nafisligini, madaniy va tarixiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi hamda mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilish istagini uyg‘otadi.

 

Ko‘rgazma 3 ta bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘lim qadimgi davlatlar davri, madaniyatlarning Ipak yo‘li orqali tarqalishi, Kushonlar imperiyasi haqida bo‘lib, haykalchalar, tilla buyumlar va tangalar namoyish etilgan. Ularning ayrimlari O‘zbekiston va Fransiya olimlarining birgalikdagi ekspedisiyasida topilgani diqqatga sazavor.

 

Ikkinchi bo‘lim qadimgi va o‘rta asrlarda san’at va madaniyatning gullab-yashnashi, yo‘llar va karvonlar mavzusi bilan tanishtiradi.

 

Uchinchi bo‘lim Reneseans va temuriylar davrida Markaziy Osiyoda islom dinining tarqalishi, madaniyat va ilm-fan rivojlanishi haqida. Bu yerda mehmonlar Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy kabi ulug‘ allomalarning qo‘lyozmalari bilan tanishishi mumkin. Bu bo‘lim buyuk hukmdor Amir Temur siymosi atrofida tashkil etilgan bo‘lib, unda o‘sha davrga oid bezak buyumlari va Fransiya qirolining Sohibqironga yo‘llagan maktubi taqdim etilgan.

 

Ko‘rgazma Fransiya Prezidenti va delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezidentlar O‘zbekistonning madaniy merosi ko‘rgazmasi bilan tanishdilar | Zamon.uz