Salomatlik

Endi qandli diabetni ovoz orqali aniqlash mumkin

Kanadalik olimlar qandli diabet kasalligini ovoz orqali aniqlovchi dastur yaratdi.

Endi qandli diabetni ovoz orqali aniqlash mumkin

 

Mexanizmning ishlash tamoyili oddiy. Bir kishi maʼlum davr oralig‘ida bir xil iborani takrorlab, o‘z tovushini yozib oladi. Shundan so‘ng audiodagi individual fiziologik parametrlar sunʼiy intellekt tomonidan tahlil qilinadi.

 

Ushbu tadqiqot uchun Amerika diabet assotsiatsiyasi ko‘rsatmalariga muvofiq, jami 267 nafar kishi — qandli diabetga chalinmagan 79 ayol va 113 erkak hamda ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan 18 ayol hamda 57 erkak jalb qilindi.

 

Ishtirokchilar 2 hafta davomida kuniga 6 marotabadan maʼlum bir iborani talaffuz qilib, o‘z smartfonlariga yozib oldi. Natijada 18 ming 465 ta audioyozuv paydo bo‘ldi.

 

Sunʼiy intellektning bu boradagi imkoniyatlarini baholagan tadqiqotchilar sog‘lom va bemor insonlarning ovoz parametrlari bir-biridan keskin farqlanishini aniqladi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bu jarayonda 14 ta akustik xususiyat bemorning qandli diabetga chalinganini ifodalaydi.

 

Mutaxassislar fikricha, yangi dasturning ovoz orqali kasallikka tashxis qo‘yish aniqligi erkaklarda 89 foiz, ayollarda esa 86 foizni tashkil etmoqda.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.