Andijondagi “Muruvvat” uyida bolalar xo‘rlanyaptimi?
Tarmoqda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida bolalar xo‘rlangani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 24 iyul kuni soat 12:05 larda Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyining 6-guruhida sodir bo‘lgan.
Hozirda holatga konuniy baho berish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilmoqda.
"Ushbu holat bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi", deyiladi rasmiy xabarda.







