Gamburg aeroporti qurollangan shaxs tufayli yopildi
Erkak ikki bolani garovga olgan.

Ikki bolani asirga olgan qurolli shaxs tufayli Gamburg aeroportida havo qatnovi to‘xtatildi.
Qayd etilishicha, birinchi terminal oldiga mashinada nomaʼlum erkak kelgan. U xavfsizlik to‘sig‘ini buzib o‘tib, samolyotga texnik xizmat ko‘rsatish zonasiga kirdi. Qurollangan erkak o‘z mashinasida ikki bolani asirda ushlab turibdi. Uni aeroportda xavfsizlik kuchlari payqab qolishidan sal avval erkakning xotini politsiyaga eri bolalari bilan aeroportga ketgani haqida xabar bergan.
Terminalga politsiya yetib keldi, evakuatsiya qilinganlar esa terminallar oldida turibdi.
Xabarga ko‘ra, erkak aeroport hududida mashinasidan bir necha marta o‘q uzgan.







