Sport

“Manchester Yunayted”ni hech qaysi murabbiy qutqara olmaydi

Klub atrofida so‘nggi vaqtlar yana ko‘pgina gaplar-so‘zlar bolaladi.

“Manchester Yunayted”ni hech qaysi murabbiy qutqara olmaydi

 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Ten Hag, Anchelotti, Gvardiola va Fergyuson ham hozirgi jamoani avvalgi holatiga qaytara olmaydi. Dunyodagi eng buyuk klublardan biri hisoblanadigan Manchester jamoasida beqarorlik davri 2005 yil 13 may kunidan boshlandi. Mazkur sanada jamoani amerikalik biznesman Malkolm Gleyzer sotib oladi. Shu tariqa, tadbirkor yarim milliardlik, katta qarzga botgan jamoaga egalik huquqini qo‘lga kiritadi. 

 

«Yunayted» moliyaviy inqirozga uchradimi? Yo‘q, bu klub uchun inqiroz yoqasi emas edi. Shu vaqtda ham jamoa sayyoradagi eng boy futbol klub va pul reytingi bo‘yicha eng yuqorida edi. Shuningdek, Angliya premyer-ligasining gegemoni, Chempionlar ligasi g‘olibi va yangi yetuk tarkibga ega jamoa sifatida o‘z mavqeini saqlab qolgandi.

  

Gleyzerlar oilasining esa futbolga kirib kelishda o‘z rejalari bor edi. Ular allaqachon Amerikaning Tampa Bay Bussaneers futbol klubiga egalik qilish asnosida bu bo‘yicha maʼlum tajribaga ega bo‘lgan. Oila Fergyuson boshchiligidagi jamoa bilan birga ishlashda muammolarga duch keladi. Natijada, bu Fergining jamoadan ketishi bilan yakunlanadi. 

 

Shundan keyin jamoa murabbiyi etib tayinlanganlarga ko‘p imkoniyat taqdim etilmadi. Shu tariqa, 2014 yilgi jahon chempionatidagi shov-shuvli natijadan so‘ng, Lui Van Gal jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Biroq, Van Gal Machesterda ishlaganini haligacha chuqur qayg‘u bilan eslaydi. 

 

U intervyularidan birida klub haqida shunday degan:

 

—Klub Mourinyo qo‘l ostida qanday ishlaganidan hayratdaman. Sulsher ham bir muddat keldi. Boshida yaxshi natijalarga erishdi va shunga yarasha shartnoma imzolandi. Biroq, u tajribasiz murabbiy ekanligi yaqqol ko‘rinib turardi. Pochettinoni jamoaga olib kelish o‘rniga klub, Sulsher bilan shartnomani bekor qilishga shoshilmadi. Shundan so‘ng, Ronalduning kelishi yana barcha rejalarni barbod qildi. Endi esa Ten Hag ham bizning ko‘z o‘nigimizda passivlashib bormoqda. 

 

“Manchester Yunayted”ning yangi inqiroziga Ten Hag aybdormi? Ekspertlar qisman uni ayblashmoqda. Bu tarkib tanlash, taktika va transferlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, mashg‘ulotlardagi erkinlik. Ronaldu ham klubda vaqtida bu haqda bir necha bor gapirgan. Ayni vaqtda ham holat o‘zgarishsiz qolganini ko‘rish mumkin.  

 

“Manchester Yunayted” olti oydan beri sotuv holatida turibdi. Na xodimlar, na futbolchilar va murabbiy keyingi taqdir qanday bo‘lishi haqida maʼlumotga ega emas. Marketingni yo‘lga qo‘ygan va barcha reklama daromadlarini qo‘lga kiritayotgan Gleyzerlar uchun futboldagi natijalar muhim emas, ularga “Manchester Yunayted” futbol klubi sifatida emas, balki biznes korparatsiya sifatida kerak. Demak, istalgan odamni murabbiy kursisiga o‘tirg‘izib qo‘yishingiz mumkin, biroq, futbol jamoaviy mehnat mahsuli ekanligini tushunadigan xo‘jayin topilmaguncha, manchesterliklarning iztirobi davom etaveradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"