Yevropada chivinlardan xavfli virus tarqalmoqda
Olimlar doimiy infeksiya epidemiyasi paydo bo‘lishidan xavotirda.

Italiya, Fransiya va Ispaniyada yuzdan ortiq odam dang bezgagi bilan kasallandi.
RiaNovosti nashrining yozishicha, dang bezgagini mahalliy sharoitga moslasha olgan osiyolik yo‘lbars chivinlari olib yuradi. Olimlar mintaqada doimiy infeksiya epidemiyasi paydo bo‘lishidan xavotirda.
Oktyabr so‘ngida Yevropada infeksiyaning 105 ta holati qayd etilgan. Ularning 66 tasi Italiyada, 36 tasi Fransiyada va uchtasi Ispaniyada.
Maʼlumot uchun: Denga isitmasi Flaviviruslar jinsidan bir xil nomdagi RNK o‘z ichiga olgan virus tufayli yuzaga keladi. Odamlarga yuqadigan to‘rtta serotip maʼlum. Eng xavflisi birinchi va uchinchi bo‘lib, ular birlamchi infeksiya paytida gemorragik shokgacha bo‘lgan isitmaning yana-da og‘ir shaklini keltirib chiqaradi.
Virus chivinlar orqali tarqaladi. Chaqishdan keyin inkubatsiya davri uch kundan ikki haftagacha davom etadi. Baʼzilarida kasallik alomatlarsiz kechadi, shuning uchun odamlar shifokorga murojaat qilmaydi. Boshqalarida isitma, bosh og‘rig‘i, titroq, ko‘ngil aynishi va toshmalar paydo bo‘ladi.
"2050 yilga kelib, dunyo aholisining yarmi sariq isitma va Osiyo yo‘lbarslari chivinlari bilan birga yashashga majbur bo‘ladi", — deyiladi xabarda.







