Namanganda ona o‘z farzandini ayovsiz kaltakladi
Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida xonadon hovlisida yosh bolani ayovsiz kaltaklayotgan ayol aks etgan video tarqaldi. Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Qayd etioishicha, 4 noyabr kuni Yangi Namangan tumani “Yoshlik” MFY Islomobod ko‘chasida yashovchi fuqaro K.X. yashash xonadonida o‘z farzandi — 2013 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.M.ni qattiq kaltaklagan.
Holat bo‘yicha zudlik bilan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyida hozir bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan M.S. olgan tan jarohati yuzasidan tegishli tartibda sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







