Navoiy viloyati prokurori lavozimidan ozod qilindi
U 3 yildan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritayotgandi.

2020 yilning noyabr oyidan buyon Navoiy viloyati prokurori bo‘lib ishlab kelgan Baxtiyor Ahmedov Bosh prokuraturaga ishga o‘tkazilgan.
U Bosh prokuraturaning 10.1-boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Azamat Mirzayev esa Navoiy viloyatining yangi prokurori bo‘ladi.







