Turistlar Toj Mahal ko'rinmayotganidan norozi
Hindiston havo ifloslanishi muammosini “toq-juft” tizimi orqali hal qilmoqchi.

Yangi Dehli ma'muriyati havoning kuchli ifloslanishi sababli cheklovlar kiritmoqda. Hindiston poytaxti qalin tutun bilan qoplangan.
Avtomobillar bilan bog‘liq muammo “toq-juft” tizimi orqali hal qilinadi: oyning juft kunlarida faqat raqamlari juft bo‘lgan avtomobillarda, toq kunlari esa toq raqamli mashinalar harakatlanishi mumkin. Shu tariqa, rasmiylar mamlakat fuqarolarini shaxsiy avtomobillardan foydalanishni birgalikda kamaytirishga undamoqchi, bu, ularning fikricha, do‘stona munosabatlarni rivojlantiradi va mustahkamlaydi, shuningdek, yoqilg‘ini tejash va atmosferaga kamroq zarar yetkazadi.
Cheklovlar ta'lim sohasiga ham ta'sir qiladi. Hozirda kuchli tutun tufayli 5-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun darslar to‘xtatilgan.
Hindiston poytaxtida havo sifati kuzda keskin yomonlashdi. Bunga yonayotgan dalalar sabab bo‘ladi. Qishloq xo'jaligi ishchilari somonni olib tashlash uchun asboblarni sotib olish imkoniyatiga ega emaslar va shuning uchun qoldiqlarni to'g'ridan-to'g'ri dalalarda yoqishga majbur.
Avvalroq Toj Mahal maqbarasini qalin tutun qoplagani xabar qilingandi. Turistlar norozi, chunki diqqatga sazovor joy umuman ko'rinmaydi.







