2024 - yilda ish haqi va pensiyalar bu yilgidan qariyb 3 barobar ko‘proqqa oshadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 9,5 tirilliondan ziyod so‘m ajratilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan "2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti to‘g‘risida"gi qonun loyihasiga asosan kelgusi yilda Davlat byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilangan bo‘lib, unda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 9 trln 553 mlrd 287,7 mln so‘m ajratilmoqda.
Bu esa o‘tgan yili xuddi shu maqsadlarga 2023 yil uchun ajratilgan 3 trln 797 mlrd 871,6 mln so‘m miqboridagi mablag‘dan qariyb 3 barobar ortiq deganidir.
Shuningdek, 2024 yilda byudjet tashkilotlari xodimlariga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni ham qariyb 40 foizga (1 trln so‘m, bu ko‘rsatkich joriy yil uchun 665 mlrd so‘m bo‘lgan) oshirish rejalashtirilgan.
Xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik nafaqa pulini byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarga esa joriy yildagiga (300 mlrd 710 mln so‘m) qaraganda 3 barobardan ko‘proqqa kam (100 mlrd so‘m) mablag‘ ajratilmoqda.







