O'zbekiston

AQSH O‘zbekiston madaniy merosi uchun 1 million dollar ajratdi

Ushbu mablag‘ madaniy meros obyektlarini himoya qilish va qayta tiklash uchun sarflanadi.

AQSH O‘zbekiston madaniy merosi uchun 1 million dollar ajratdi

 

O‘zbekiston va AQSH hukumatlari o‘rtasida “O‘zbekistonning arxeologik va etnologik materiallari toifalarida import cheklovlarini joriy etish to‘g‘risidagi Bitim” imzolandi. Ikki tomonlama Bitimni Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov va AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik imzoladi.

 

"Ushbu kelishuv O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida muzey ashyolari va madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishining oldini olish va qaytarish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bitim arxeologik va etnologik materiallarni talon-toroj qilishning oldini olish va maxsus ro‘yxatga kiritilgan obyektlarni olib kirishga cheklovlarni belgilaydi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish taʼminlanadi hamda ikki mamlakat o‘rtasida moddiy madaniy merosni targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazishga zamin yaratadi", — deydi Bahodir Abdikarimov.

 

 

"Bugun tarixiy kun. Chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyoda AQSH bilan madaniy boyliklar to‘g‘risidagi bitimni imzolagan birinchi davlat bo‘ldi. AQSH O‘zbekistondan tashqari dunyoning yana 25 ta mamlakati bilan shu kabi shartnomalar tuzgan. Madaniy meros, sanʼat va sanʼat asarlarini muhofaza qilish oson ish emas. Shuning uchun ham ushbu kelishuv bugungi kunda juda muhim qadamdir. O‘zbekistondagi madaniy meros obyektlarini himoya qilish va qayta tiklash uchun AQSH hukumati 1 million dollar ajratdi. Biz O‘zbekistondagi madaniy merosni himoya qilish va uning boy tarixini dunyoga namoyish etish borasidagi saʼy-harakatlarga hamkorlik qilish istagidamiz", — dedi Jonatan Henik.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

AQSH O‘zbekiston madaniy merosi uchun 1 million dollar ajratdi | Zamon.uz