O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezidentlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Bugun, 8 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zaro muloqot va almashinuvlar faol davom ettirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni, sayyohlar oqimi ortib bormoqda.

 

Mamlakatda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Yil boshidan 500 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar jalb qilindi, 200 dan ziyod yangi korxonalar tashkil etildi.

 

Savdo, sanoat, innovatsiyalar, energetika, transport, taʼlim, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi qo‘shma loyiha va dasturlarni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan, O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbarlari mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi | Zamon.uz