Jahon

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmayapti

Respublikaning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmayapti

 

O‘zgidromet” 10-noyabr kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.    

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.    

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.    

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

 

custom img

Putin va To‘qayev Rossiya hamda Qozog‘iston do‘stligining asoslarini belgiladi

Hujjatda tarixiy mushtaraklik, iqtisodiy sheriklik, umumiy chegara va Yevrosiyo integratsiyasi kabi yo'nalishlar ko‘zda tutilgan.

custom img

AQShda 2026-yil boshidan buyon 5 mingdan ortiq odam otishmalar oqibatida halok bo‘ldi

Yil boshidan buyon mamlakatda 158 ta ommaviy otishma holati qayd etildi.

custom img

Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda

So‘nggi uch haftada Ebola xavfi yuqori davlatlarda bo‘lgan shaxslar 21 kun karantinda bo‘lishi kerak.

custom img

Fransiyada immigratsiyani uch yilga to‘xtatish taklif qilindi

2025-yilda mamlakatda rekord darajadagi 4,5 million yashash ruxsatnomasi berilgan.

custom img

Erdog‘an Netanyaxuni “zolim” deb atadi

Turkiya prezidenti musulmon dunyosi Netanyaxuga “tegishli saboq” berishini  bildirdi.

custom img

Hindiston musulmonlariga Hayit namozini jamoat joylarida o‘qishni taqiqlamoqda

Uttar-Pradeshdagi masjidlarda Qurbon hayiti namozini navbat bilan o‘qish tavsiya qilinmoqda. Mahalliy musulmonlar esa politsiya nazorati, cheklovlar va ijtimoiy tarmoqlardagi bosim sabab xavotir kuchayganini aytmoqda.

custom img

Saudiya Arabistoni hojilarga tibbiy yordam ko‘rsatishda dronlardan foydalanmoqda

Makka shahrida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilgan. Ushbu tizim 1,5 milliondan ortiq hojilar to‘plangan gavjum yo‘llardagi tirbandlik muammosini kamaytirishga yordam bermoqda.

custom img

Buyuk Britaniya Qirg‘iziston va Gruziya kompaniyalarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Yangi sanksiyalar paketi kriptovalyuta ayirboshlash shoxobchalari va “A7” tarmog‘iga qarshi qaratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"