Turkmaniston Prezidenti ham sammitda qatnashish uchun Toshkentga keldi
Avvalroq Eron rahbari ham O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun 9 noyabr kuni O‘zbekistonga keldi.
Avvalroq Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ham rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida sammitda ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgandi.







