O'zbekiston

Ayrim temir yo‘l vokzallari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayrim temir yo‘l vokzallari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

 

Joriy yil 10-oktabr kuni qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish to‘g‘risida"gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida noyabr oyidan boshlab, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qo‘qon temir yo‘l vokzallari, ularda joylashgan bo‘sh hududlarni tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik hamda shartnoma asosida ijaraga beriladi.

 

Jumladan, Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzalida tadbirkorlar uchun 4 ming kv.m joy bo‘lib, tadbirkorlar ofis uchun joy, mehmonxona, do‘kon, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda savdo markazlari tashkil qilishlari mumkin.

 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, temir yo‘l vokzallaridagi bo‘sh hududlarni ijaraga olmoqchi bo‘lgan tadbirkorning taklifi o‘rganilib, tanlangan joy "E-auksion" platformasi orqali ijaraga beriladi.

 

Kompaniya tadbirkorlardan qo‘shimicha ma’lumot olish uchun Jamiyat ma’muriyati bilan bog‘lanishni so‘ramoqda.

Qalbaki guvohnoma bilan tadbirkorni chuv tushirdi: soxta “TumanGaz” xodimi ushlandi

Qalbaki guvohnoma bilan tadbirkorni chuv tushirdi: soxta “TumanGaz” xodimi ushlandi

U tadbirkordan jarimani qo‘llamaslik evaziga pul talab qilgan.

Mahkumlar ham oliy ta’lim olishi mumkin: 2027-yildan yangi imkoniyat yaratiladi

Mahkumlar ham oliy ta’lim olishi mumkin: 2027-yildan yangi imkoniyat yaratiladi

Mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida 50 ta kasbga o‘qitish dasturlari joriy etiladi.

O‘zbekiston aholisi soni qayta hisoblandi: 2026-yilda 39 milliondan oshgan

O‘zbekiston aholisi soni qayta hisoblandi: 2026-yilda 39 milliondan oshgan

Mamlakatning 2010–2026 yillardagi doimiy aholisi sonini qayta hisobladi.

Ikki davlatda ishlaganlar uchun pensiya staji qo‘shiladi: O‘zbekiston va Qirg‘iziston kelishdi

Ikki davlatda ishlaganlar uchun pensiya staji qo‘shiladi: O‘zbekiston va Qirg‘iziston kelishdi

Kelishuvga ko‘ra, bir mamlakatda to‘plangan ish staji pensiya olish uchun yetarli bo‘lmasa, boshqa davlatda ishlagan davri ham hisobga olinadi.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi: qaysi manzillarda va qachongacha?

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi: qaysi manzillarda va qachongacha?

Tumanlarda gaz quvurlarini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Zararli APK-fayllar ortidan 79 mlrd so‘m yo‘qotildi: Markaziy bank ogohlantirdi

Zararli APK-fayllar ortidan 79 mlrd so‘m yo‘qotildi: Markaziy bank ogohlantirdi

O‘zbekistonda kiberfiribgarlik oqibatida fuqarolarga 278,3 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Namanganda noqonuniy dori ombori fosh etildi: 23 mingdan ortiq dori topildi

Namanganda noqonuniy dori ombori fosh etildi: 23 mingdan ortiq dori topildi

Ularning dastlabki qiymati 3,3 milliard so‘mdan oshadi.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.